
Qal'a Kabanerisi
甲鉄城のカバネリ
Voqealar sanoat inqilobiga o‘xshash davrda sodir bo‘ladi. Dunyo insonlarni tishlab, ularni tirik murdalarga aylantiradigan Kabane deb nomlangan dahshatli maxluqlar tomonidan bosib olinadi. Odamlar omon qolish uchun mustahkam devorlar bilan o‘ralgan qal’a-shaharlarda yashay boshlaydilar. Shaharlar orasida esa faqat zirhlangan bug‘ poyezdlari harakatlana oladi. Bosh qahramon Ikoma — Kabanelarga qarshi samarali qurol yaratmoqchi bo‘lgan yosh temirchi. Bir kuni uning shahri maxluqlar hujumiga uchraydi. Ikoma o‘zi ham tishlanadi, lekin insonligini to‘liq yo‘qotmaydi va Kabaneri deb ataladigan inson va Kabane o‘rtasidagi mavjudotga aylanadi. Endi u sirli jangchi qiz Mumei bilan birga insoniyatni saqlab qolish, maxluqlarga qarshi kurashish va tirik qolganlarni himoya qilishga harakat qiladi.










