
10.02023Anime12+
Kubo meni ko'rinmas bo'lishimga yo'l qo'ymaydi
Kubo-san wa Mob wo Yurusanai (久保さんは僕を許さない)
ℹ️ 12+: Bu anime yengil va iliq romantik komediya. Ochiq-sochiq yoki nojo‘ya sahnalar deyarli yo‘q — faqat qizning yigitni uyaltiradigan hazillari va sevgi mavzusi bor. Oila davrasida ham bemalol ko‘rish mumkin. Junta Shiraishi — shu qadar ko‘zga tashlanmaydigan yigitki, sinfdoshlari ham, o‘qituvchilar ham uni ko‘pincha payqamay qolishadi. Ammo sinfdagi eng chiroyli qizlardan biri Nagisa Kubo negadir uni har doim ko‘radi va tinchlik bermay hazillashib, uyaltirib yuradi. Kubo uni "ko‘rinmas" bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi! Kundalik maktab hayoti, kichik baxtli lahzalar va asta-sekin rivojlanadigan sevgi haqida yoqimli hikoya. Nene Yukimori mangasi asosida, PINE JAM studiyasi. 12 qism.










