
Kaijuu 8-gou
Kaiju No. 8
Yaponiyada Kaiju deb ataladigan ulkan maxluqlar tez-tez paydo bo‘lib, shaharlarga xavf tug‘diradi. Ularni yo‘q qilish uchun maxsus Mudofaa kuchlari tashkil etilgan. Kafka Hibino bolaligida do‘sti Mina Ashiro bilan Mudofaa kuchlariga qo‘shilib, Kaijularga qarshi kurashishni orzu qilgan. Ammo yillar o‘tib, Kafka o‘z orzusidan uzoqlashib, Kaijularni tozalash bilan shug‘ullanuvchi oddiy ishchiga aylanadi. Bir kuni Kafka hayotini butunlay o‘zgartiradigan hodisaga duch keladi. U sirli mavjudot sabab Kaijuga aylanish qobiliyatiga ega bo‘lib qoladi. Endi Kafka bir vaqtning o‘zida ikki xil hayot kechiradi: inson sifatida Mudofaa kuchlariga qo‘shilib, Kaijular bilan kurashadi, yashirincha esa o‘zida paydo bo‘lgan Kaiju No. 8 kuchini nazorat qilishga harakat qiladi.










